<- База знаний

Multivalyuta

Multivalyutali funksiyasi tizimda ikki valyutada ishlash imkonini beradi (so‘m — asosiy valyuta va AQSh dollari — qo‘shimcha valyuta).
Tizimda siz xarid qilish, sotish yoki ikkala operatsiyani bir vaqtning o‘zida amalga oshirishingiz mumkin.
Barcha amalga oshirilgan bitimlar analitika bo‘limida ikki valyutada aks ettiriladi va hisob-kitob ham shu ikki valyutada yuritiladi.

Sozlamalar

Multivalyuta rejimi
  • Multivalyuta funksiyasi POS oynasida quyidagi usulda aktivlashtiriladi Sozlamalar → Umumiy sozlamar → Multivalyuta.
  • Foydalanuvchi o'zi qo'lda aktual bo'lgan kursni kiritadi. Agar mahsulotlar xorijiy valyutada kiritilgan bo‘lsa, ularning qiymati ko‘rsatilgan kurs bo‘yicha hisoblanadi (berilgan kurs asosida konvertatsiya amalga oshiriladi).

Operatsiya turi
Foydalanuvchi avval opreratsiya turini tanlashi kerak bo'ladi.
Bu nima uchun kerak? Tanlangan operatsiya turiga qarab, multivalyuta funksiyasi kerakli bo‘limlarda ishlaydi.
Masalan:
  • Agar funksiya faqat Sotish uchun yoqilgan bo‘lsa, u faqat sotish operatsiyasini amalga oshirishda ishlaydi.
  • Agar Xarid opsiyasi tanlansa, funksiya faqat xarid operatsiyalarida ishlaydi. Shuningdek, ikkala rejimni bir vaqtda ishlatish ham mumkin — bunday holatda multivalyuta funksiyasi ham sotish, ham xarid operatsiyalarida ishlaydi.

Kassa oynasi

  • Multivalyutali funksiya yoqilgandan so‘ng, kassadagi oynaning yuqori qismida kiritilgan valyuta kursi ko‘rsatiladi.

  • Mahsulotlar ro‘yxatida barcha pozitsiyalar ikki narxda — so‘mda va AQSh dollarida — ko‘rsatiladi, tizimga qaysi valyutada kiritilganidan qat’i nazar.
Pozitsiya qo‘shish va xarid

Pozitsiya qo‘shishda mahsulot qiymatini ikki valyutada ko‘rsatish imkoniyati mavjud.
  • Mahsulotlar katalogi → + Pozitsiya bo‘limida mahsulot yaratiladi va unda uning narxi hamda valyutasi ko‘rsatiladi.

Xuddi shunday tartib mahsulot xaridini rasmiylashtirishda ham qo‘llaniladi.
  • Ombor → Xarid bo‘limida mahsulot qo‘shiladi, bunda uning narxi va valyutasi ham ko‘rsatiladi.
To‘lov

  • To‘lov oynasida mahsulotni milliy valyutada ham, xorijiy valyutada ham sotish imkoniyati mavjud. Mijoz to‘lovni so‘mda ham, AQSh dollarida ham amalga oshirishi mumkin.
  • Shuningdek, aralash to‘lov imkoniyati ham mavjud — summaning bir qismi so‘mda, qolgan qismi esa dollarda to‘lanishi mumkin. Bunday holatda tizim barcha zarur hisob-kitoblarni avtomatik ravishda amalga oshiradi.
  • Qo‘shimcha valyutada to‘lovni amalga oshirish uchun “Naqd pul” maydoni yonida joylashgan “+” belgisini bosish zarur.
Analitika

  • Analitika bo‘limida multivalyuta rejimida amalga oshirilgan barcha savdolar hisobi yuritiladi.
  • Analitikada Tushum, Foyda va boshqa ma'lumotlar, jumladan turli valyutalarda bajarilgan operatsiyalar aks ettiriladi. Ushbu bo‘limda hisobotlarni ikki valyutada shakllantirish imkoniyati mavjud.
  • Buning uchun Analitika bo‘limiga o‘tib, SO‘M–USD almashtirish (switch) opsiyasini tanlash zarur.
Eslatma
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha funksiyalar va amallar faqat Multivalyuta rejimi yoqilgan holatda amalga oshiriladi. Oddiy rejimda tizim standart tartibda ishlaydi.
Made on
Tilda