<- База знаний

Xodimlar

Xodimlarni boshqarish moduli.Ushbu modul xodimlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Siz bu yerda yangi xodimlarni qo‘shishingiz, ularga rollar biriktirishingiz va maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqlarini cheklashingiz mumkin.
Mazkur bo‘lim jamoaning yagona raqamli muhitda shaffof va xavfsiz ishlashini ta’minlaydi.
Основные действия:

Yangi xodim qo‘shish

  • Tizimga yangi xodim qo‘shish uchun administrator panelida Xodimlar bo‘limiga kirilib, + Xodim qo‘shish tugmasi bosiladi.
Ochilgan oynada xodim ma’lumotlari ikki bo‘limda kiritiladi: Asosiy va Ishga qabul qilish.

  • Asosiy bo‘limida xodimning shaxsiy ma’lumotlari, shuningdek tizimga kirish uchun login va parol kiritiladi. Xodim ushbu ma’lumotlar orqali tizimga kirishi mumkin bo‘ladi.
  • Ishga qabul qilish bo‘limida esa xodimning shaxsiy identifikatsion ma’lumotlari (INN/JSHSHIR va boshqalar) hamda oylik maoshi ko‘rsatiladi.
  • Qo‘shilgan xodim umumiy ro‘yxatda ko‘rinadi.
Xodimni tahrirlash

  • Xodim ma’lumotlarini o‘zgartirish uchun xodimlar jadvalidagi “Amallar” ustunidagi uch nuqta bosiladi. Ochilgan menyuda “Tahrirlash” va “O‘chirish” tugmalari mavjud.
“Tahrirlash” bosilganda xodim qo‘shishda ochilgan oynaning o‘zi ochiladi va unda kerakli o‘zgartirishlarni kiritish mumkin.
  • Shuningdek, xodimni tizimdan to‘liq o‘chirib yuborish imkoniyati ham mavjud.
Rollarni boshqarish va kirish huquqlarini sozlash

Ushbu bo‘lim orqali har bir xodim toifasi (ofitsiantlar, oshpazlar, kassirlar) uchun kirish huquqlarini moslash mumkin.
  • Kirish huquqlarini sozlash — xodim admin panelining qaysi bo‘limlarini ko‘rishi va foydalanishini belgilash.
  • Rollarni boshqarish — lavozim va mas’ullik darajasini belgilash.
Buning uchun asosiy menyudan Xodimlar bo‘limiga o‘tiladi va “Rollarni boshqarish” sahifasi ochiladi.
  • Ochilgan oynada + Yangi rol qo‘shish tugmasi bosiladi.
Rol uchun tushunarli nom beriladi (masalan, “Katta smenachi” yoki “Bosh oshpaz”).
  • Xodimga ruxsat beriladigan bo‘lim va amallar belgilab chiqiladi.
  • Yaratilgan rol umumiy ro‘yxatda + Yangi rol qo‘shish tugmasi ostida ko‘rinadi.
Xodim kirish huquqlari

Xodim uchun ruxsat etilgan bo‘lim va amallar belgilanadi.
  • Natijada, xodim boshqaruv panelida faqat o‘ziga ruxsat berilgan modul va bo‘limlarni ko‘ra oladi.
* Eslatma: To‘g‘ri sozlangan kirish huquqlari xatoliklar xavfini kamaytiradi va muassasaning moliyaviy ma’lumotlarini himoya qiladi.

Made on
Tilda