<- База знаний

Zal va stollar

Bu bo'limda biz restorandagi mavjud zal va stollarni boshqarishni amalga oshiramiz. Zallar yaratamiz, stollar qo'shamiz va zallga biriktiramiz.

Zal qo'shish

  • Tizimga zal qo'shish uchun Restoran -> Stol bo'limiga kiriladi va shu yerda Zallar tugmasi bosiladi.
  • Bosilganda zal parametrlarini kiritish uchun oyna ochiladi va u oynada qo'shilayotgan zal parametrlari kiritiladi, Nomi, uzunligi va kengligi.
Qo'shilgan zallar qo'shilayotgan oynada, +Zal qo'shish tugmasini tagida ko'rinadi.
Zalni parametrlarini o'zgartirish uchun umumiy oynada mavjud bo'lgan "O'zgartirish" belgisini bosiladi
  • Qalamchaga bosilgandan keyin, zal qo'shayotganimizda chiqqan oyna ochiladi va zal parametrlarini o'zgartirib o'zgarishni saqlab qo'yamiz.

Stol qo'shish

Tizimga zal qo'shish uchun Restooran -> Stol bo'limiga kiriladi va shu yerda + Stol qo'shish tugmasi bosiladi.
  • Bosilganda stol parametrlarini kiritish uchun oyna ochiladi va u oynada qo'shilayotgan stol parametrlari kiritiladi, Nomi, joylar soni, tartib raqami va zalga biriktiriladi.
Stolni parametrlarini o'zgartirish uchun mavjud bo'lgan "O'zgartirish" belgisini bosiladi.
Belgiga bosilgandan so'ng stol qo'shayotganimizda chiqqan oyna ochiladi va stol parametrlarini o'zgartirib, o'zgarishni saqlab qo'yamiz.
Bundan tashqari agar stol kerak bo'lmasa stolni o'chirib yuborish ham mumkin bu amal "Savatcha" tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Adamin panel oqali amalga oshirilgan o'zgartirishlar POS qismida ham ko'rinishi uchun tizimni sinxronizatssiya qilib yuborish kerak bo'ladi.
Made on
Tilda