<- База знаний

Ovqatlar

Ovqatlar — restoran menyusini boshqarish uchun mo‘ljallangan asosiy bo‘lim.
Bu yerda siz yangi pozitsiyalar qo‘shishingiz, narxlar va tavsiflarni tahrirlashingiz, shuningdek taomlarning saytda mavjudligini boshqarishingiz mumkin.

Ovqat qo'shish

  • Tizimga ovqat qo'shish uchun Menyu -> Ovqatlar -> bo'limiga o'tiladi va + Taom qo'shish tugmasi bosiladi.
Bosilgandan so‘ng taom qo‘shish oynasi ochiladi.
  • Ushbu oynada qo‘shilayotgan taomga oid barcha zarur ma’lumotlar kiritiladi: Asosiy ma’lumotlar va Tex.karta.
Qo'shilgan taomlar umumiy oynada ko'rinadi.
Ovqatlar parametrlarini o‘zgartirish uchun jadval oxiridagi “Amallar” ustunida joylashgan uch nuqta tugmasini bosish kerak.
Ushbu bo‘limda quyidagi bandlar mavjud: Tahrirlash, Nusxa olish, Tarkibi, TK ni chop etish va O‘chirish.
  • Tahrirlash — taom kartasini tahrirlash uchun ishlatiladi.
  • Nusxalash — taom kartasidan nusxa yaratish imkonini beradi.
  • Tarkibi — yarim tayyor mahsulot yoki taom tarkibini ko‘rsatadi.
  • TK ni chop etish — taomning texnologik kartasini chop etish uchun mo‘ljallangan.
  • O‘chirish — taomni tizimdan to‘liq o‘chirib yuboradi.
Taom kartochkalari

Taom kartochkalarini boshqarish. Ushbu bo‘lim administrator paneli tarkibiga kiradi va menyudagi har bir pozitsiyani batafsil sozlash uchun mo‘ljallangan.
Asosiy imkoniyatlar:
  • Asosiy ma’lumotlarni tahrirlash: nomi, tavsifi, kategoriyasi.
  • Narx belgilash: asosiy narx va chegirmali narxni o‘rnatish.
  • Vazn va tarkib parametrlari: mehmonlarni xabardor qilish uchun porsiya vazni va ingredientlarni ko‘rsatish.
  • Media-kontent: taom rasmlari galereyasini boshqarish.
  • Ko‘rsatish statusi: taomni saytda tezkor yoqish/o‘chirish (stop-list).
Tex.karta
Tex.kartalar mahsulotlarni avtomatik hisobdan chiqarish va tannarxni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.
Tex.kartaga taom tayyorlash uchun ishlatiladigan ingredientlar va yarim tayyor mahsulotlar kiritiladi.
  • Pastki qidiruv maydoni orqali kerakli ingredient yoki yarim tayyor mahsulot topilib, kartaga qo‘shiladi.
  • Qo‘shilgandan so‘ng brutto va netto qiymatlari kiritiladi.
  • Qo‘shilgan ingredient va yarim tayyor mahsulotning narxi va o‘lchov birligiga asoslanib, tizim ushbu taom tarkibidagi tannarxni avtomatik hisoblab chiqadi.
  • Mazkur mexanizm taomlar tannarxini avtomatik hisoblash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, shu yerning o‘zida ustama (naценка) va taomning sotuv narxi ham belgilanadi.
Texnologik karta parametrlarini o‘zgartirish uchun jadval oxiridagi “Amallar” ustunida joylashgan uch nuqta tugmasini bosish kerak (yuqorida ko‘rsatilgan).
Administrator paneli orqali kiritilgan barcha o'zgarishlar POS tomonda ko'rinishi uchun tizimni sinxronizatsiyasini amalga oshirish kerak bo'ladi.
Made on
Tilda