<- База знаний

Masalliqlar

Masalliqlar - bu restoranda tayyorlanadigan taomlarni tarkibi tashkil etuvchilar

Masalliq qo'shish

  • Masalliqlarni tizimga qo'shish uchun tizimda Menyu -> Masalliqlar bo'liimiga kiriladi va + Masalliq qo'shish tugmasini bosiladi.
  • Bosilgandan so'ng mahsulot qo'shish oynasi ochiladi va u yerda mahsulotga tegishli bo'lgan ma'lumotlar kiritiladi u yerda Asosiy ma'lumot va Stok bo'limlari mavjud.
Qo'shilga masalliqlar umumiy oynada ko'rinadi.
Masalliqni ma'lumotlarini o'zgartirish uchun esa jadval oxiridagi Amallar ustunidagi uchta nuqtaga bosiladi.
U yerda ko'rsatilgan ma'lumotlarda Tahrirlash, Qayerda ishlatilyapti, Qoldiqlarni tuzatish va O'chirish kabu punktlar mavjud.
  • O'zgartirish - masalliqni ma'lumotlarini umumiy o'zgartirish uchun ishlatiladi.
  • Qayerda ishlatilyapti - masalliq qayerda ishlatilyapti (asosan yarim tayyor mahsulotlar)
  • Qoldiqlarni to'g'irlash - masalliqni ombordagi qo'ldiqlarini o'gartirish uchun ishlatiladi.
  • O'chirish - mahsulotni butunlay tizimdan o'chirib yuboradi.
Kategoriya qo'shish

  • Masalliqlarni kategoriyalash uchun xizmat qiladi masalan Go'sht - Issiq ovqatlar kategoriyasiga kiradi. Bu masalliqlarni tartibli va qaysi kategoriyaga mansubligini ko'rsatip turadi.
  • Kategoriya qo'shish uchun Menyu -> Ingredientlar -> Kategoriya tugmasi bosiladi va kategoriya qo'shiladi.
Yarim tayyor mahsulot qo'shish

Yarim tayyor mahsulotlar — bu ingredientlardan tashkil topgan va taom tayyorlash uchun oldindan tayyorlab qo‘yiladigan zagotovkalar. Masalan, souslar yoki xamir.
Yarim tayyor mahsulotlardan texnologik kartalarni tezroq yaratish uchun foydalanish mumkin. Masalan, un, tuxum va xamirturushni birlashtirib «Xamir» nomli yarim tayyor mahsulot yaratish va uni bulochka yoki kruassanlarning texnologik kartasiga qo‘shish mumkin.

  • Tizimga yarim tayyor mahsulotlarni qo'shish uchun Menyu -> Yarim tayyor mahsulotlar -> Yarim tayyor mahsulot qo'shish (+YT qo'shish)
  • Bosilgandan so'ng yarim tayyor mahsulot qo'shish oynasi ochiladi va u yerda yarim tayyor mahsulotga tegishli bo'lgan ma'lumotlar kiritiladi u yerda Asosiy ma'lumot va Tex.karta bo'limlari mavjud.
Tex.karta

Tex.karta - restoranda retsept asosida tayyorlanadigan taom yoki ichimliklar. Masalan, kapuchino yoki lag'mon.

  • Tex.kartaga yarim tayyor mahsulotlar uchun ishlatiladigan massaliqlarni kiritib chiqiladi.
  • Pasdagi qidiruv maydoni orqali kerakli bo'lgan massaliqni topiladi va kartaga qo'shiladi, qo'shilgan masalliqlarni Brutto va Nettolari kiritiladi, bu qo'shilayotgan masalliqni narxi va o'lchamidan kelib chiqip unga shu yarim tayyor mahsulotdagi tannarxini qo'yadi.
  • Bu tog'ridan to'g'ri yarim tayyor mahsulotning tannarxini chiqarish uchun xizmat qiladi.
Yarim tayyor mahsulotlarni ma'lumotlarini o'zgartirish uchun esa jadval oxiridagi Amallar ustunidagi uchta nuqtaga bosiladi.
U yerda ko'rsatilgan ma'lumotlarda Tahrirlash, Qayerda ishlatilyapti, Tarkibi va O'chirish kabu punktlar mavjud.
  • Tahrirlash - masalliqni ma'lumotlarini umumiy o'zgartirish uchun ishlatiladi.
  • Qayerda ishlatilyapti - masalliq qayerda ishlatilyapti.
  • Tarkibi - Yarim tayyor mahsulotning tarkibi.
  • O'chirish - mahsulotni butunlay tizimdan o'chirib yuboradi.
Administrator paneli orqali kiritilgan barcha o'zgarishlar POS tomonda ko'rinishi uchun tizimni sinxronizatsiyasini amalga oshirish kerak bo'ladi.
Made on
Tilda