Tizimga zal qo'shish uchun Buyurtmalar -> Stollar bo'limiga kiriladi va shu yerda + Zal qo'shish tugmasi bosiladi.
Bosilganda zal parametrlarini kiritish uchun oyna ochiladi va u oynada qo'shilayotgan zal parametrlari kiritiladi, Nomi, uzunligi va kengligi.
Qo'shilgan zallar umumiy oynada ko'rinadi.
Zalni parametrlarini o'zgartirish uchun umumiy oynada mavjud bo'lgan "Qalamcha" belgisini bosiladi
Qalamchaga bosilgandan keyin, zal qo'shayotganimizda chiqqan oyna ochiladi va zal parametrlarini o'zgartirib o'zgarishni saqlab qo'yamiz.
Stol qo'shish
Tizimga zal qo'shish uchun Buyurtmalar -> Stollar bo'limiga kiriladi va shu yerda + Stol qo'shish tugmasi bosiladi.
Bosilganda stol parametrlarini kiritish uchun oyna ochiladi va u oynada qo'shilayotgan stol parametrlari kiritiladi, Nomi, joylar soni, tartib raqami va zalga biriktiriladi.
Biriktirilgan zalga qarab stol ana shu zalda ko'rinadi.
Stolni parametrlarini o'zgartirish uchun stol rasimida mavjud bo'lgan "Qalamcha" belgisini bosiladi.
Qalamchaga bsilgandan so'ng stol qo'shayotganimizda chiqqan oyna ochiladi va stol parametrlarini va stolni statusi (Bo'sh, Band va Band qilingan) o'zgartirib, o'zgarishni saqlab qo'yamiz.
Bundan tashqari agar stol band bo'lmasa stolni o'chirib yuborish ham mumkin bu amal ham aynan shu o'zgartirish oynasida amalga oshiriladi.