Buyurtmalar - buyurtmalar bilan ishlash uchun asosiy qism hisoblanadi. Bu yerda kassir ovqat buyurtmalarni qabul qiladi, cheklar rasmiylashtiradi va tolovlarni qabul qiladi.
Buyurtma qo'shish uchun Buyurtmalar → + Buyurtma qo'shish tugmasini bosishingiz kerak.
Bosgandan so'ng siz zal va stolni tanlashingiz kerak.
strekla bilan belgilangan qismga e'tibor berishing bu filtr vazifasini bajaradi.
Agar ushbu parametr yoqilgan bo'lsa, faqat bo'sh stollar ko'rsatiladi.
Yaratilgan buyurtmalar esa Buyurtmalar bo'limida ko'rina boshlaydi
Ushbu bo'limda yana buyurtma statuslari ham ko'rsatiladi va buyurtmalarning o'zi ularning statusiga qarab tegishli bo'limlarga taqsimlanadi.
Quyidagi statuslar mavjud: Yaratilgan, Jarayonda, Yakunlangan
Buyurtmani bekor qilish
Bundan tashqari, yana bir status mavjud — Bekor qilingan.
Ushbu statusga ega buyurtmalar umumiy buyurtma jurnalida ko'rinmaydi. Ular cheklar jurnalida, Buyurtmalar tarixi bo'limida mavjud.
Buyurtmalarni bekor qilishda bir necha usullar mavjud:
Buyurtmani to'liq bekor qilish - butun buyurtma bekor qilinadi.
Alohida taomni bekor qilish - faqat tanlangan pozitsiya (ma'lum bir taom) bekor qilinadi.
Ikkala holatda ham bekor qilish amalni tasdiqlashni, shuningdek buyurtmani bekor qilish sababini ko'rsatishni talab qiladi.
Buyurtmani to'liq bekor qilish - buyurtma butunlay bekor qilinadi.
Alohida taomni bekor qilish - faqat tanlangan pozitsiya bekor qilinadi (ma'lum bir taom agar buyurtma statusi Tayyorlanmoqda bo'lsa, agar yangi qo'shilgan buyurtma bo'lsa, o'chirish tugmasi chiqadi).
Ikkala holatda ham bekor qilish amalni tasdiqlashni, shuningdek buyurtmani bekor qilish sababini ko'rsatishni talab qiladi.
Buyurtmaga to'lov
Buyurtmaga to'lov kassa oynasida, shuningdek buyurtmalar bo'limi orqali amalga oshiriladi-buning uchun tegishli buyurtmani bosishingiz va to'lash tugmachasini tanlashingiz kerak.
To'lov tartibi pos-kassadagi operatsiyalarga o'xshash tarzda amalga oshiriladi va xuddi shu tartibda o'ladi.