<- База знаний

Bo'linma

Bo'linma — bu taomlar tayyorlanadigan joy. Masalan, «Oshxona» yoki «Bar».
Bu restoran ichidagi shartli ajratilgan hudud bo‘lib, unda tayyor mahsulotlar beriladi va termo-printer o‘rnatilgan bo‘ladi.
Har bir bo'linmaga tegishli ombor biriktiriladi va masalliqlar aynan shu ombordan hisobdan chiqariladi.
Bitta omborga bir nechta bo'linma biriktirilishi mumkin.

Bo'linma qo'shish
  • Bo'linmani tizimga qo'shish uchun siz Restoran → Bo'linmaga o'tishingiz kerak va + Bo'linma qo'shish tugmasini bosing.
Bosilgandan so‘ng bo'linma qo‘shish oynasi ochiladi.
  • Ushbu oynada qo‘shilayotgan bo'linma ma’lumotlari kiritiladi: nomi, ombori va printeri.
  • Zaruratga qarab “Begunokni chop etish” funksiyasi yoqiladi yoki o‘chiriladi va kiritilgan o‘zgarishlar saqlanadi.
Qo'shilgan bo'linmalarni umumiy oynada ko'rish mumkin.U yerda bo'linmaga biriktirilgan ombor, printer va begunoklarni ko'rish mumkin.
(Begunokni chop etish tugmasi buyurtma olinganda tegishli bo'linmaga buyurtma tushganligi haqida chek chiqarib beradi.)
Bo'linmaga o'zgartirish kiritish uchun "O'zgartirish" belgisini bosiladi. O'chirish uchun esa "Savatcha" belgisiga bosiladi.
Bosilgandan so‘ng bo'linma qo‘shishda ochilgan oynaning o‘zi qayta ochiladi va unda avval kiritilgan bo'linma parametrlari ko‘rinadi.
  • Ushbu oynada bo'linma parametrlarini o‘zgartirish va kiritilgan o‘zgarishlarni saqlash kerak bo'ladi.
Чтобы изменения, внесённые через административную панель, отобразились в стороне POS, необходимо выполнить синхронизацию в POS-системе.
Made on
Tilda